

Eslatib o'tamiz, Argentina JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasi bo'yicha mag'lub etdi.
"Biz finaldan so'ng o'yin haqida, o'sha kunlarda Argentinada odamlar qanday bayram qilayotgani haqida gaplashdik. Bor gap shu, qolgan hammasi yaxshi. Jahon chempionati finalidan so'ng mag'lub bo'lganlar tomonda edim. O'shanda nimalar sodir bo'lganini yodga olishni xohlamayman. Haqiqat shundaki, Kilian bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q", - dedi Messi.



