Messi oromini yo'qotdi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 13:08
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 9-tur o'yinida (4:2) qo'lidan olgan jarohati tufayli uxlashda muammolarga duch kelmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, qo'li singan argentinalik tirsagidagi og'riq tufayli uxlay olmayapti.

Messining davolanishi uchun avval aytilganidek 3 hafta emas, ko'proq vaqt kerak bo'lishi mumkin. Uning maydonga qaytishi 20 noyabrda amalga oshishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es