

"Goal" xabariga ko'ra, Argentina termasi hujumchisi klub rahbariyatidan kubokni muxlislarga ko'rsatishga ruxsat so'ragan. Biroq klubdagilar bu yaxshi fikrligiga shubha bilan qarashmoqda.
Rahbariyatning fikriga ko'ra, Argentina JCH-2022 finalida aynan Fransiya termasini mag'lub etgani asosiy muammo hisoblanadi. Bundan tashqari rahbarlar bu voqeaga finalda xet-trik qayd etgan Kilian Mbappe qanday munosabatda bo'lishini ham bilmaydi va bu borada ham xavotirda.
Eslatib o'tamiz, PSJ 28 dekabr kuni chempionat doirasida "Strasbur"ni qabul qiladi.



