Messi: "Faoliyatimni tugatganimdan so'ng biz aniq ortga qaytamiz. Biz Barselonada yashashni xohlaymiz"

Alisher
1 noya 2021
PSJ forvard Lionel Messi "Barselona"dan ketgani haqida gapirdi.

"Men ketmaslik uchun barcha narsani qildim. Ammo, mendan hech kim tekinga o'ynashni so'ramadi. Klub maoshimni 50%ga qisqartirishni xohladi, men shu zahotiyoq rozi bo'ldim.

Oilam Barselonada baxtli edi, shu sabab biz ketishni umuman xohlamagandik. Faoliyatimni tugatganimdan so'ng biz aniq ortga qaytamiz. Biz ushbu shaharda yashashni xohlaymiz", - deydi 34 yoshli futbolchi.

Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2005-2021 yillar davomida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es