

Ko'k-anorranglilar 5:0 hisobida g'alaba qozondi, argentinalik bahsdagi birinchi golni jarima zarbasidan urdi. Bundan so'ng u posbon Lopesga shunday dedi: "Ushla, ahmoq".
Messi bu gapni bekorga aytgani yo'q. Ispaniya Kubogining 1/8 finalida Pau Lopes maydonda yotgan Messining oyog'ini bosib oldi. U o'yindan so'ng, buni atayiy qilmaganini aytgandi.



