Messi: “Doim aytganman, individual sovrinlar men uchun ahamiyatsiz”

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2020
“Barselona” yetakchisi La Liga joriy mavsumida eng yaxshi to'purar uchun topshiriladigan “Pichichi mukofoti”ni olish imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Doimo individual sovrinlar men ko'p ham qiziqtirmasligini aytganman. Agarda La Ligada zafar quchganimizda, “Pichichi mukofoti”ni qo'lga kiritish yanada zavq bag'ishlagan bo'lardi”, deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi hisobida 25 ta gol bor, uning yaqin taqibchisi esa “Real” forvardi Karim Benzema (21) hisoblanadi. U so'nggi tur bahsini birozdan so'ng “Leganes”ga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dermotmcorrigan