

- Kun kelib “Barselona”ga qaytishni xohlarmidingiz?
- Ha. Doimo klubga yordam berishni va ularga foyda keltirishni xohlashimni aytganman. Kelajakda sport direktori bo'lmoqchiman. Bu “Barselona”da bo'ladimi yo boshqa ish bo'ladimi, bilmayman.
Imkon tug'ilsa, qaytib, qo'limdan kelganicha yordam berishni istardim, chunki bu klubni yaxshi ko'raman. “Barselona” zo'r bo'lishini, o'sishini va dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga aylanishini xohlardim”, deydi Messi.



