Messi Barselonadagi o'yinlar soni bo'yicha 4-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2016
YCHL 6-turida Barselona hujumchisi Lionel Messi Borussiya M bilan bahsni asosiy tarkibda boshladi.

Shunday qilib, argentinalik futbolchi klub safidagi o'yinlari soni bo'yicha to'rtinchi o'ringa chiqib oldi. Bugun u Kataloniya klubi tarkibidagi o'zining 549-uchrashuvini o'tkazmoqda. Klub afsonasi Migeli hisobida ham aynan shuncha o'yin mavjud.

Messidan ko'proq o'yin o'tkazganlar: Karles Puyol (593 o'yin), Andres Inesta (604) va Xavi (767).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com