Messi "Barselona" bilan kelishuvga erishdi. Uning maoshi 50% ga qisqaradi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2021
"Barselona" Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, klub va futbolchi o'zaro kelishuvga erishishgan. Shartnoma 2026 yilga qadar imzolanadi. Messi maoshi 50% ga qisqarishiga rozi bo'lgan. Shartnoma uzaytirilgani haqidagi rasmiy xabar yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi. Tomonlar bir necha soat avval muzokaralarni yakunlashgan. 

"Barselona" klubi ushbu shartnomani imzolashi uchun bir nechta futbolchilarning maoshini kamaytirishi lozim. Avvalroq, Jerar Pike, Serxio Buskets, Serxi Roberto va Jordi Alba maoshi qisqarishiga rozi ekanligi xabar qilingandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport