

Argentinalik Primeroda yangi muvaffaqiyatga erishishga yaqin turibdi: Agar Messi Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahsda maydonga tushsa, u Kataloniya safida 350-uchrashuvini o'tkazgan bo'ladi.
Leo hozirgacha Ispaniya chempionatining 349 uchrashuvida maydonga tushib, 314 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Bu bahslarda ko'k-anorranglilar 263 ta g'alabaga erishgan. Mag'lubiyatlar soni esa 34 ta.
"Atletik" - "Barselona" uchrashuvi 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 23:15da boshlanadi.



