Messi: "Anrining ko'zlariga qarashga jurat qilolmaganman"

"Barselona" sardori Lionel Messi sobiq jamodoshi Terri Anriga hurmat bilan qarashini aytdi.

"U kiyim almashtirish xonasiga kirgan birinchi kunda men uning ko'zlariga qarashga jurat qilolmagandim. Anri Angliyada erishgan barcha yutuqlar haqida bilardim. U allaqachon tajribali o'yinchi va biz bir jamoada edik. Men Anrini juda hurmat qilardim. U vaziyatdan osonlik bilan foydalanar va zarur bo'lsa, o'yin tempini o'ldirardi", - deydi Messi.

Ma'lumot uchun, fransiyalik futbolchi 2007-2010 yillarda "Barselona"da o'ynagan va 121 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 49ta gol yozdirib qo'ygandi.


Manba: L’Equipe