Mertens: “Agar ular men bilan shartnomani uzaytirmasa, jamoani tabassum bilan tark etaman”

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021
“Napoli” hujumchisi Dris Mertens jamoadagi kelajagi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

“Bitimda kelishuvni uzaytirish bandi bor. Nima bo'lishini ko'ramiz. Har safar aytganman, bu erda 9 yildan beri baxtiyorman. “Napoli”ga borimni berganman, ular esa o'z navbatida men haqimda qayg'urishdi.

Umid qilamanki, bu erda o'ynashni davom ettiraman, ammo agar vaziyat boshqacha bo'lsa, u holda bir-birimizga qo'l berib, men barchasi uchun minnatdorchilik bildiraman va tabassum bilan ketaman”, deydi belgiyalik.

34 yoshli forvard 2013 yildan beri neapolliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 12 o'yinda qatnashib, beshta gol urdi. Yevropa Ligasida esa Mertens 4 bahsda bir bor raqib darvozasiga to'p kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia