Menxengladbaxning "Borussiya"si bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
15 may 2022
Menxengladbaxning "Borussiya"si matbuot xizmati bosh murabbiy Adolf Xyutter bilan hamkorlik tugatilganini ma'lum qildi.

Avstriyalik bosh murabbiy qo'l ostida jamoa mavsumni 10-o'rinda yakunladi. 2020/21 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, bu ikki pog'ona past degani.

Eslatib o'tamiz, Xyutterni olib kelish uchun klub "Ayntraxt"ga rekord 7,5 million evro to'langan va shartnoma 3 yilga mo'ljallangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal