"Men "Manchester Yunayted"ga umuman muxlislik qilmayman" - Roy Kin

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025
"Manchester Yunayted" afsonalaridan biri deya etirof etiladigan Roy Kin Gari Nevill bilan suhbat chog'ida manchesterliklarga befarq ekanligini bildirdi.

Roy Kin: "Menda o'ynagan jamoalarimga nisbatan hech qanday his-tuyg'uni his etmayman"

Gari Nevill: "Menimcha, "Manchester Yunayted"ni qo'llab-quvvatlaysan, shunday emasmi?"

Kin: "Manchester Yunayted"ga umuman muxlislik qilmayman. Va men "Nottingem Forest"ni ham qo'llab-quvvatlamayman. Ularning natijalari mening kayfiyatimga ta’sir qilmaydi"

Nevill: "Seni MYU g'alabasi xursand qilmaydimi?"

Kin: "Ehtimol, xursand qilar, ammo mag'lubiyatlar dam olish kunlarimni buzmaydi"

Nevill: "Bu meni bezovta qilmoqda"

Kin: "Eshit, men Irlandiyada katta bo'lganman. Ha, men ushbu klubda o'ynadim va bundan juda minnatdorman. Ularga qandaydir bog'liqlik joyim bor, ammo qayd etilayotgan natijalar kayfiyatimga ta’sir qilmaydi. "Forest" va "Seltik" bilan ham xuddi shunday".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports