Melo kelajak hujumchisi kimligini aytdi

Braziliya terma jamoasi sobiq a'zosi Felipe Melo "Inter" forvardi Lautaro Martinesning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men Lautaroni bilaman, "Inter"da o'ynay boshlaganidan beri uni kuzatyapman. Martines menga to'psiz ham ko'p ter to'kadigan, kurashuvchan va ko'p gol uradigan Gabriel Jezusni eslatadi. Menimcha, u kelajak hujumchisi bo'ladi. Lautaro atigi 22 yoshda, ammo unda kuch-quvvat va gollar etarli darajada. Forvard har doim gollar urishi kerak", - dedi ayni paytda "Palmeyras" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Felipe Meloga A Seriya begona emas. U o'z vaqtida "Fiorentina", "Yuventus" va "Inter"da to'p tepgan.


Manba: Ole