

50 yoshli argentinalik avvalroq "Tigres"ni tark etgandi.
"Futbolga bo'lgan ishtiyoq va Meksikaga bo'lgan muhabbat bilan bugun biz birgalikda yangi tarix yozishni boshlaymiz", – deyiladi xabarda.
Kokka 1 yanvardan beri "Tigres" murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi xolos.
Meksika terma jamoasi JCH-2022dan chiqib ketganidan keyin bosh murabbiysiz qoldi. Xerardo Martino lavozimidan bo'shatildi.



