Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi xalqaro musobaqa g'olibiga aylandi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2019
Jamshid Asadov boshchiligidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi.

Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan terma jamoa a'zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Tojikistonda tashkil etilgan "Kelajak sendan boshlanadi!" xalqaro turniriga taklif etilgandi. Mazkur turnir finalida terma jamoamiz Tojikistonning mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa vakillarimiz xalqaro musobaqa g'olibiga aylanishdi.

Jamshid Asadov boshchiligidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasiga kelgusi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz