Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi JCH. O'zbekiston "o'lim" guruhida!

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2019, 12:17
12-15 iyul kunlari Polshada mehribonlik uylari o'rtasida Jahon Chempionati bo'lib o'tadi.

Unda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro musobaqaga qur'a tashlandi va terma jamoamiz “S” guruhida Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarsu terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo'lishdi.

Xalqaro musobaqa oldidan terma jamoa murabbiyi Jamshid Asadov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Mundialga qur'a tashlandi va biz “o'lim” guruhidamiz. Guruhimizdagi terma jamoalar kuchli raqiblar hisoblanadi. Ispaniya bir marotaba, Rossiya esa ikki karra Jahon chempioni hisoblanadi. Shunday bo'lsa-da maqsadimiz sari olg'a intilamiz va nasib etsa chempionlik uchun kurashamiz. To'g'risini aytganda, bunday guruh bizga qo'shimcha kuch va motivaciya beradi. Biz xalqimiz va futbol muxlislarimiz, qolaversa ota-onalarimizning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Xalqimizdan bizlarni duo qilib, qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolar edik”, - deydi Asadov.



Terma jamoamizning Polshaga yo'l oluvchi tarkibi bilan tanishing:

Darvozabon

Islamov Sergey

Himoyachilar
Shaplov Danil
Ergashboev Toir
Shonazarov Abduqaxxor
Ochilov Jahongir

Yarim himoyachilar
Shamshidov Edgar
Nyuskov Amir
Karaxanyan Ruslan

Hujumchilar
Abibullaev Timur
Son Salim

Bosh murabbiy - Asadov Jamshid
Yordamchi murabbiy - Kasimov Aziz

Jamshid Asadov boshchiligidagi jamoa 12 iyul kuni Polshaga yo'l oladi. Dastlabki o'yinni ular 13 iyul kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi olib boradi.

Xalqimizdan ushbu terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolar edik. Zero bu farzandlar barchamizniki!

Dildora Xolboeva tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia