Meddison "Lester" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
9 dek 2019, 17:29
"Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddison klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

23 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" o'z tarkibiga jalb qilmoqchi, ammo "tulkilar" xavbek bilan xayrlashmoqchi emaslar.

Eslatib o'tamiz,  yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Meddison "Lester"da 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

Jeyms joriy mavsum APLda 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Talksport