Mbappening ukasi 15 yoshida PSJ asosiy jamoasidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
17 dek 2022
PSJ mavsumga tayyorgarlik doirasida “FK Parij” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Unda Fransiya grandi 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Kilian Mbappening ukase Itan Mbappe mazkur bahsda qatnashib, PSJning asosiy jamoasida norasmiy debyutini o'tkazdi. 15 yoshli Itan hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. U chapaqay hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Nordi Mukiele va Ismael Garbi raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, Yunus Al Xanax avtogol muallifi bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia