Mbappe Superkubokda jamoasiga yordam bera olmaydi

Mirjalol Normatov
1 avg 2021
PSJ forvardi Kilian Mbappe Fransiya Superkubogi doirasida "Lill"ga qarshi o'tadigan bahs qaydnomasiga kiritilmadi.

Klubdagilar futbolchining jismoniy holati unchalik yaxshi emasligini va bu borada ishlashayotganini ma'lum qilishdi. Futbolchi Evroda qatnashib, uzoq vaqt tatilda bo'lib turdi.

Superkubok uchun bahs 1 avgust kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside