Mbappe "Loryan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, u butun mavsumga PSJning asosiy tarkibidan chetlatilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
10 avg 2023
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 12 avgust kuni Liga 1ning 1-turi doirasida o'tkaziladigan "Loryan"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Shartnoma borasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar sabab futbolchi asosiy jamoa bilan shug'ullanmayapti. Ushbu jazo hali uzoq vaqtga cho'zilishi mumkin. 

ESPN ma'lumotiga ko'ra, agar Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmasa, butun mavsumga asosiy jamoadan chetlashtirilishi mumkin. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN