Mbappe Fransiyadagi tartibsizliklarga chek qo'yishga chaqirdi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023
PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiyadagi tartibsizliklar xususida to'xtalib o'tdi.

"Fransiya termasi futbolchilari fransiyaliklardan 17 yoshli o'smirning o'limidan keyin boshlangan hozirgi tartibsizliklarni to'xtatishga chaqiradi", – deb yozdi Mbappe Twitter'da.

Fransiyada policiya to'xtatish buyrug'iga bo'ysunmagan 17 yoshli o'smirni otib o'ldirganidan keyin boshlangan tartibsizliklar bir necha kundan beri davom etmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/KMbappe