Mbappe: "Fransiya sardori men bo'lganim, Grizmannga qattiq ta’sir qildi"

Omonjon To`xtamirzayev
24 mar 2023
PSJ forvardi Kilian Mbappe "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann bilan Fransiya sardorlik bog'ichi tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida gapirdi.

"Men Grizmann bilan gaplashdim. Bu uning uchun biroz kutilmagan voqea bo'ldi va uni tushunish mumkin. Bu Antuanga qattiq ta’sir qildi. Uning o'rnida menda ham shunga o'xshash reakciya bo'lgan bo'lardi. U Desham davrining eng muhim futbolchisi. Biz birga yangi g'alabalar sari yurishda davom etamiz.

Ma'lumotlarga qaraganda, Grizmann Fransiya termasi sardorlik bog'ichi unga berilmaganidan keyin faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/KMbappe