Mbappe faoliyatini La Liga yoki APLda davom ettirishni xohlamoqda

Alisher
23 yanv 2021
PSJ forvardi Kilian Mbappe faoliyatini "Real" yoki "Liverpul"da davom ettirmoqchi.

Futbolchi ispanlar va inglizlar moliyaviy muammolar sabab uning transferini amalga oshirishlari qiyinligini tushunadi.

Shuni hisobga olgan holda forvard 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Ammo, futbolchi klub bilan yangi shartnomada uning tovon puli bo'lishi borasida kelishuvga erishmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN