Mbabu: "Ronalduga Shveytsariyada ham yaxshi himoyachilar borligini isbotlamoqchiman"

Tolibjon Qosimov
12 dek 2018, 11:35
"Yang Boyz" himoyachisi Kevin Mbabu YCHL doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yuventus" bilan uydagi o'yin - yilning ajoyib yakuni. Bern (Shveytsariya poytaxti)ga yaxshi "Rojdestvo" sovg'asi qilish uchun hammasini qilamiz. Men birinchi marta Krishtianu Ronalduga qarshi o'ynayman. Umid qilaman, u maydonga tushadi va mening qanotimda o'ynaydi. Unga Shveytsariyada ham yaxshi himoyachilar borligini isbotlamoqchiman", - deya Mbabuning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com