Mazraui "Bavariya"ga o'tishini xabar qildi

Alisher
12 may 2022
"Ayaks" yarim himoyachisi Nussair Mazraui faoliyatini Germaniyada davom ettirishini ma'lum qildi.

24 yoshli yarim himoyachi yozda erkin agent maqomida "Bavariya"ga o'tadi.

"Ha, nihoyat siz buni aytishingiz mumkin. Katta rahmat. "Ayaks"dan so'ng meni Myunxenning "Bavariya"si kutmoqda - orzuimdagi klub", - deydi Mazraui.

Yarim himoyachi joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN