Mazraui "Bavariya" bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
9 apr 2022
"Ayaks" himoyachisi Nussair Mazraui "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Myunxen klubi 24 yoshli marokashlikning erkin agent maqomida o'tishi borasida uning agenti bilan kelishuvga erishdi.

Shartnoma bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Futbolchining maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi.

Mazraui joriy mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira