Maykl Ouen: "Eng yomoni MYUni oldinda "Bavariya" va "Enfild" kutmoqda"

Mirjalol Normatov
10 dek 2023
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Maykl Ouen jamoaning o'yini va transferlar siyosatini qattiq tanqid qildi.

"Jamoaning o'yinidan birorta yaxshi holatni topa olmayapman.

Jamoa Liga Kubogidan chiqib ketdi va yaqin vaqtlarda evrokuboklarsiz qoladi. APL chempionligi uchun imkoniyatlar past, transferlar sifatining o'rtachaligi, o'yin sifatining pastligi, murabbiy va futbolchilar o'rtasida nizolar chiqayotgani, maydonda futbolchilar bor kuchi bilan o'ynamayotgani, tarkibning noto'g'ri tanlanayotgani.

Barchasi o'zgarishi kerak, jamoaning holati yaxshi emas. Eng yomon, jamoani oldinda "Bavariya" va "Enfild" kutib turibdi", - dedi Ouen.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/themichaelowen