Maykl Oliver: Ko'plab insonlar o'z yordamini taklif qildi

“Yuventus”ning “Real”ga qarshi o'yinida ishlagan hakam intervyu berdi.

“Bu bir nechta g'alati kunlar edi. Ammo ko'plab odamlarning meni qo'llab-quvvatlab yordam berishga harakat qilgani yoqimli bo'ldi. Odamlar menga ko'chada duch kelib, ko'nglimni ko'tardi. Futbol olamidagi insonlar esa pochtamga qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni yozishdi. O'zingning yolg'iz emasligingni bilish yaxshi”, - deydi Oliver.

Ma'lumot uchun Maykl Oliver o'yin so'nggida Buffonni maydondan chetlatgan edi.


Manba: Football.kulichki.net