Mayka Richards: "Men Holanddan ko'ra Mbappeni afzal bilaman"

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022
Mayk Richards Kilian Mbappeni Erling Xolanddan ko'proq yoqtirishini ma'lum qildi.

Chempionlar Ligasi o'yinlaridan so'ng "CBS Sports" studiyasida "Manchester Siti" sobiq himoyachisidan PSJ forvardi va "shaharliklar" hujumchisidan birini tanlashni so'rashdi.

"Men Mbappeni afzal bilaman. Chunki men Mbappeni yaxshi ko'raman. Uning maydon bo'ylab harakatini yoqtiraman", – dedi Richards.

Studiyada o'tirgan Jeymi Karrager: "Demak, sizga Erling Holand yoqmaydimi?"

Richards javob berdi: “Bunday demadim. Men faqat Mbappeni afzal ko'rishimni aytdim".

Karrager: "Demak, siz "Manchester Siti"da Holand emas, Mbappe o'ynashini istardingiz?"

Richards: "Yo'q, bu tizimda emas. "Manchester Siti"ning 9-raqami sifatida men Holandni tanlayman, lekin o'yinga kengroq qarasak, Mbappeni tanlagan bo'lardim.

Keling, Holand haqida ortiqcha gapirmaylik. O'ylaymanki, u superyulduz bo'la olishi mumkin".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail