Mauricio Sarri “Napoli” Yevropa ligasidan chiqib ketgach nimalar dedi?

23 fev 2018, 07:35
“Napoli” ikki o'yin natijasiga ko'ra “Leyptsig”ga imkoniyatni boy berib, Yevropa ligasi bilan erta xayrlashishga majbur bo'ldi.

Biroz afsuslanish bor, ammo jamoa bugun xarakter namoyish qila oldi. Bu xarakter mavsum oxirida ham hal qiluvchi omillardan biriga aylanishi kerak. Biz birinchi o'yinning so'nggi daqiqalarida katta xato qilgandik. O'sha so'nggi daqiqadagi gol uchun javob berdik. Muhimi, taslim bo'lmadik. Yaxshisi shuki, endi mashg'ulotlar uchun bizda ko'proq vaqt bo'ladi, - deydi Sarri.


Manba: Football Italia