Matteus: “Gvardiola o'ziga xos uslubni o'ylab topishga urinadi, ammo doimo muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”

Eldor Akmurzayev
2 sen 2020
Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteus “Man Siti”ning Chempionlar Ligasidagi omadsizligi haqida gapirdi.

“Menda Pep doimo katta uchrashuvlarda o'ziga xos uslubni o'ylab topishga harakat qiladi, degan fikr bor. “Barselona”da u shakllantirilgan tizimiga ega edi, “Man Siti” va “Bavariya”da esa u har safar muvaffaqiyatsizlikka uchrardi.

Unga shuni aytmoqchi edim: “Pep, sen ajoyib murabbiysan, uslubingni o'zgartirma”. U o'z g'oyalarini boshqalarnikidan ustun qo'yuvchi inson. Ha, bu qo'pol so'z, lekin bu unga mos keladi”, deydi Matteus.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal