Matteus: "Angliya JCH-2018 favoriti emas"

Mirjalol Normatov
25 mar 2018
Germaniya termasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus Angliya terma jamoasining o'yinlari haqida gapirdi.

"Angliyada yoshlardan iborat shijoatli jamoa bor. Biroq ular Rossiyadagi mundialning favoriti bo'la olmaydilar. Keyingi jahon chempionatida esa angliyaliklar bemalol sovrin uchun kurashishlari aniq. Chunki, Angliyaning turli yoshdagi termalari jahon chempioniga aylanishdi", - dedi Matteus.

Rossiyadagi jahon chempionatida Angliya termasi Belgiya, Panama va Tunis termalari bilan bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Four Four Two