Mats Xummels: Xuddi shu tarzda Saudiya Arabistoni bilan o'ynagandik, biroq bu safar bizga kuchliroq raqib to'g'ri keldi

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Mats Xummels Meksikaga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Xuddi shu tarzda Saudiya Arabistoni bilan o'ynagandik, biroq bu safar bizga kuchliroq raqib to'g'ri keldi. To'pni osonlikcha berib qo'ydik, maydondagi joylashuvishimiz esa har doim ham to'g'ri bo'lmadi. Meksika munosib g'alaba qozondi, lekin biz ularning ishini engillashtirib yubordik. Omadsiz tarzda himoyalandik. Himoyada men va Boateng qoldik. Meksika esa qarshi hujumlarda tajovuzkor harakatlandi”, - dedi Xummels.


Manba: Р спорт