Mats Xummels: Bir necha yillardan buyon biz "Bavariya"ga qiyinchiliklar tug'dirib kelmoqdamiz

"Borussiya D" himoyachisi Mats Xummels jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubiga bir necha yillardan buyon qiyinchiliklar tug'dirib kelayotganini ta'kidlab o'tdi.
Biz "Bavariya"ga ko'p qiyinchiliklar tug'dirib kelmoqdamiz. Shu uchun myunxenliklar "Borussiya D"ni kuchsizlantirishi maqsadida yetakchi futbolchilarimizni sotib olishmoqda.
Yaqinda Rummenigge Roysning shartnomasidagi detallarga to'xtalib o'tgandi. Bunaqa so'zlarni vaqtida kelganda aytgan maqulroq. Lekin shunisi aniqki, "Bavariya" haligacha biz bilan kurashmoqda. Bu eng katta yutuq.
Agarda chempionlar ligasi finali va Germaniya kubogi finalida hakamlar biz tomon bo'lishgandami?
Myunxenliklarning bu borada omadi chopgandi.
Dante qilgan qo'polligi uchun chetlatilmagandi. Germaniya kubogi finalida esa toza golimizni inobatga olishmagandi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" so'nggi ikki yil ichida "Borussiya D"dan Mario Gyotce va Robert Levandovskilarni o'z safiga qo'shib oldi.

Manba: sports.ru