Matich: "Ronaldu va Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar"

Mirjalol Normatov
13 apr 2020
"Manchester Yunayted" xavbeki Nemanya Matich "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" yetakchisi Leo Messi haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Agarda farzandimga shu savolni bersangiz, u aniq Ronaldu deydi. U va Messi ikki xil futbolchilar. Albatta, Ronalduda aqlbovar qilmas iqtidor bor. Uning yutuqlari zamirida tinimsiz mehnatlar yotadi.

Messida ham ajoyib iqtidor bor. U kam ishlaydi, demoqchimasman. Uning ham o'ziga xos mashg'ulotlari bor. Baribir ular ikki xil tipdagi futbolchilar.

Ular orasidan eng zo'rini tanlash oson emas. So'nggi 15 yilda ulardan o'tadigani bo'lmadi. Ularning qilayotgan ishlarini boshqalar takrorlashi juda qiyin. Kimgadir Messi, kimgadir Ronaldu yoqadi.

Ulardan birini tanlay olmayman. Ular futbol tarixidagi eng zo'rlari", - dedi Matich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal