Mate Flamini: "Bazan CHL finaliga hammadan ko'p mehnat qilgan yetib boradi"

Tolibjon Qosimov
17 fev 2014, 17:40
"Arsenal" futbolchisi Mate Flamini Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berib, musobaqadagi barcha raqobatchilarning imkoniyati bir-biriga yaqin.
"Chempionlar Ligasining ushbu bosqichida jamoalarning saviyasi deyarli bir xil. Qaysidir jamoaning boshqalardan ancha ustunligi haqida gapirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham, barcha o'yinlar natijasi kichik detallarga bog'liq bo'ladi. Bazan bu turnir finaliga hammadan yorqinroq va sermahsulroq o'yin namoyish etgan emas, barchadan ko'proq mehnat qilgan jamoa yetib boradi", deya futbolchining so'zlaridan UEFA rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net