

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi. Uni qozog'istonlik Saxi Daniyar boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Samat Tergeusizov va Ilashbek Orunbaev yordam beradi.
Kelishuvga ko'ra, uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq ko'k rangda, darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi. Rossiya termasi futbolchilari esa qizil rangli formada o'ynashadi.



