"Match TV" LaLiga translyatsiyasini sotib ololmayapti

Aslanov Jasurbek
16 avg 2017
"Match TV" LaLiga o'yinlari translyatsiyasi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Match TV" tomoshabinlarga eng yaxshi translyatsiyalarni taqdim etish niyatida, ammo hozirgi bozor sharoitida doim ham buni uddalab bo'lmaydi. Bazida ikkinchi tomon talab qilayotgan narx juda baland bo'lishi mumkin.

"Match TV" tez-tez sport translyatsiyalari narxini tahlil qiladi. Ispaniya chempionati bozorimiz uchun qimmatlik qiladi. LaLiga bilan muzokaralar yakunlangani yo'q. Bizdan tashqari, agentliklar ham huquqni sotib olishga harakat qilmoqda.

LaLiga bilan muzokaralarni to'xtatganimiz yo'q. Tomoshabinlarimizni hurmat qilamiz va Ispaniya chempionati o'yinlarini "Match TV"ga qaytarish niyatidamiz. Ammo bu ko'rsatilgan pulni to'lashga roziligimizni bildirmaydi" - deyiladi "Match TV" bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com