Mata "Manchester Yunayted" bazasiga vertolyotda uchib keldi
25 yanv 2014, 18:53
"Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Mata o'zining yangi jamoasiga aylanajak "Manchester Yunayted" bazasiga vertolyot yordamida yetib keldi, deya xabar bermoqda "MYU" rasmiy tvitteri.
Mata jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes bilan suhbatlashishga ulgurdi va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Takidlash joizki, Xuan uchun manchesterliklar 37 million funt to'lashlariga to'g'ri keldi.