Massimo Moratti: "Men "Inter"ga kelgan vaqtimda qora tanli futbolchilarni sotib olmaslikni aytishgandi"

Tolibjon Qosimov
25 okt 2013, 18:50
"Inter" prezidenti Massimo Moratti klub uchun muxlislar tutgan o'rin haqida gapirib o'tdi.
"Muxlislar sendan nimalar xohlayotganini tushunishing kerak. Bu har doim ham top-futbolchi sotib olishdangina iborat bo'lmaydi".

"Bizda muhit boshqa hech qayerdagiga o'xshamaydi. Har bir muxlis ish jarayonida ishtirok etadi va o'zini klub prezidentidek his qiladi".

"Klub brendi katta ahamiyatga ega. Men "Inter"ni sotib olgan vaqtimda hatto muxlislarni hafa qilib qo'ymaslik uchun qora tanli futbolchilarni sotib olmalikni ham maslahat berishgan.

Biroq men Pol Insni sotib oldim va u haqiqiy qahramonga aylandi. Muxlislarning munosabati ham ajoyib bo'ldi. Inglizni bu yerda yoqtirib qolishdi".

"Muxlislar meni har doim tushunishgan va qadrlashgan. Hech qanday salbiy xotiralar qolmagan. Ular hatto norozilik bildirishganida ham, ularda bunga asos bo'lgan", dedi Moratti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru