Massimo Moratti: Inter mensiz? Yaxshiroq o'rinbosarni ko'rmayapman?

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013
Yozning boshlarida gazetalarda indoneziyalik biznesmen Erik Toxir Interning nazorat paket akciyasini sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Gap so'zlarga qaraganda Toxir Inter rahbari Massimo Morattiga neradzurrilarning 80 foiz akciyasiga 280 million evro taklif qilgan.

Qachondir bu ro'y berishi mumkindir, lekin xozir emas. Ko'pchilik o'ylayaptiki bu sotuv nokaut kabidir deb, lekin unday emas. Men hozirgi paytda uni yaxshi inson sifatida, qachon tug'ilganligi va sanoatchilar oilasida o'sganligini bilaman. Lekin shaxsan u bilan tanish emasman. Inter mensiz bo'lishi mumkinmi? Ajoyib kunlarning birida bo'lishi mumkin... Lekin men hozir o'zimga o'rinbosar ko'rmayapman, - deydi Moratti  Football-Italia ga.

Shuningdek neradzurrilar rahbari jamoaning transfer siyosati haqida ham gapirib o'tdi. Uning aytishicha Inter yaqin vaqtlar ichida yuqori darajali o'yinchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Biz Maccarini taklif qilganimiz sababi u ajoyib va g'alabalarga chanqoq mutaxassis. Valter juda ko'p ishlayapti. Ishonchim komil u jamoa o'sishiga ta’sir qiluvchi o'yinchilarni topa oladi. Yuqori darajali o'yinchilarni taklif qilish Maccariga bog'liq. Hozir faqat iyulning boshi avgust oxirigacha esa bizda etarlicha vaqt bor.

Eng qiziqarlisi  transfer bozori yopilayotgan vaqtda sodir bo'ladi. Isla? Bizning Yuventus bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ko'ramiz, uni Interga taklif qilib ko'rarmiz, balki qo'lga kirita olarmiz. Ko'pchilik Nainggolan xaqida aytyapti, lekin biz bu so'rovlardan uzoqdamiz. Ikardini sotib oldik, biz Belfodillar bilan shartnoma imzolashni juda xohlaymiz. O'ylaganlarimizni bajara olsak yaxshi bo'lardi, - deb qo'shimcha qildi Inter rahbari.

Neradzurrilar ortda qolgan mavsumda to'qqizinchi o'rin egallashdi va bu bilan ular evrokuboklarda qatnasha olmaydigan bo'lishdi.

eurosport.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjima qildi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia