Massimiliano Allegri: "El-Shaaravi "Kataniya"ga qarshi o'yinda zahiradan tushishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
30 noya 2013
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati 14-turi doirasidagi "Kataniya"ga qarshi o'yin oldidan yuzaga kelgan kadrlar muammoasiga to'xtalib o'tdi.
"Abbyatida temperatura bor, ertaga u o'ynamaydi va uning o'rniga darvozani Gabriel qo'riqlaydi.

Mekses tiklanishga ulgurmaydi. Abatening ham maydonga tushishi so'roq ostida. Himoyada Poli, Silvestre, Bonera va Urbi o'ynaydi.

El-Shaaravi sog'ayib, tiklanishga erishdi. Endi u yaxshi formasiga tushib olishi kerak. Ammo u tezroq maydonga tushishni istayapti.

Ertaga u asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Ammo zahiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishi mumkin.

Bu mavsumda jarohatlar sabab, to'liq tarkib bilan o'ynay olmayotganimdan juda hafaman.

"Seltik"ga qarshi o'yinda Balotelli yaxshi o'yin ko'rsatti. Ammo u bundan ham yaxshi o'yin ko'rsata oladi.

Kakani sotib olingani har tomonlama yaxshi qaror. "Milan" imiji uchun ham, jamoadagi sheriklari uchun ham. Kaka ularga o'rnak bo'lyapti.

Galliyani? Men murabbiyman va uni muhokama qilish mening ishim emas", dedi Allegri.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru