Mashhur fotograf Sergey Arxipov vafot etdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2018
O'zbekistonlik va qozog'istonlik mashhur sport jurnalisti hamda fotoreporter Sergey Arxipov 64 yoshida vafot etdi.

Sergey Nikolaevich olgan suratlar bir necha yillar davomida gazeta, jurnal va saytlarda chop etilgan.

Hamkasblari orasida u yuqori professionalizm, odobi va odamiyligi bilan ajralib turar edi.

championat.asia sayti xodimlari va muxlislari nomidan Sergey Arxipovning yaqinlari sabr tilaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia