Masharipovning "Al Nassr"dagi raqami o'zgardi, bu Ronalduning jamoaga kelishidan darak beradimi?

Оқил Абдубарноев
13 dek 2022
O'zbekistonlik futbolchi ilgari klub safida 7-raqamda to'p tepardi.

"Al Nassr" klubining o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov yangi raqam ostida to'p tepadi.

Klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda joylagan suratlarida Masharipov 77-raqam ostida mashg'ulotlarda ishtirok etayotgani aks etgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq hozirda erkin agent hisoblangan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning jamoa bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi. Shu jumladan, Masharipov Ronaldu jamoaga kelgan taqdirda, 7-raqamni unga berishga tayyor ekanligini Championat.asia saytiga ma'lum qilgandi.

O'zimizning karikatura. "Jaloldu" Ronalduga 7-raqamni beradi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia