"Mashal" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2020
Futbolchilik faoliyatida jamoaning himoya qo'rg'onida harakat qilgan va olti yildan buyon jamoa direktori bo'lib ishlab kelgan Dilaver Vaniev “Mashal”ning tarixidagi 17-murabbiyi bo'ldi.

Vanievga Botir Qoraev va Otabek Narzullaev yaqindan yordam berishadi.

Faoliyati davomida “Yangier”da boshlagan himoyachi "Zarafshon", "Navbahor" va "Mashal" jamoalarida bir mavsum to'p tepgan 3-raqam egasi, 2005 yildan beri Muborakda. Orada bir mavsum "Andijon" libosini kiydi. Xatto klub 1-ligaga tushib ketgan yili ham Vaniev jamoasiga sodiq qolgan edi.

1975 yilda tavallud topgan futbolchi roppa-rosa 39 yoshigacha futbol o'ynadi. Doimiy ravishda o'z saviyasini bir xil tarzda ushlab tura olgan Vaniev o'z jamoasining rosmanasiga afsonasiga aylana oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz