"Mashal" va "Nasaf"ning birinchi liga jamoalari nazorat uchrashuvi o'tkazdi

22 mar 2015, 15:43
Kecha Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol akademiyasi maydonida O'zbekiston birinchiligida ishtirok etuvchi "Mashal-2" va "Nasaf-2" jamoalari nazorat o'yini o'tkazdi.
Bu o'yinda "gazchilar" jamoasi yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Dilshod Andaev boshqaruvidagi "Mashal-2" jamoasi O'zbekiston birinchiligini 4 aprel kuni o'z maydonida "Istiqlol"ni qabul qilish bilan boshlaydi. O'zbekiston kubogidagi yurishi esa biroz oldin , 1 aprel kuni Buxoroning "G'ijdivon" klubiga qarshi o'yin bilan boshlanadi.

Nazorat uchrashuvi
"Nasaf-2" - "Mashal-2"  0:3
Gollar:
0-1 Jafar Ismoilov (22),  0-2 Suhrob Ismatov (34), Shokir Yuldashev (65)

"Mashal-2": Husan Olimjonov, Muhriddin Yusupov, Zuhriddin Kamolov, Jafar Ismoilov, Yodgor Nazarov, Shamsiddin Sadullaev, Bekzod Rahmonov,  Muni Mirmuhsin Yusupov, Rasul Jo'raev, Shokir Yuldashev, Sardor Sulaymonov.
Zaxira: Rahim Davronov, Bakir Murtozaev, Sanjar Ahmedov, Iskandar Shodmonov, Sunnatillo Rustamov, Suhrob Ismatov, Oybek Jo'raev, Ruyiddin Abdurasulov, Alibek Rahmatullaev, Alvesh Murodullaev.


Manba: fcmashal.uz