"Mashal" "Qizilqum"ning ikki futbolchisiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017
Oliy ligada mavsum yakuniga etgach transfer haqidagi xabarlar ham ko'paya boshlaydi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Muborakning "Mashal" klubi "Qizilqum"ning ikki nafar futbolchisiga qiziqib qolgan. Gap Akrom Bahriddinov va Otabek Zokirov haqida ketmoqda. 

Bir necha kun oldin Otabek Zokirov "Qizilqum"ni tark etgani haqida xabar chiqqandi

Yakunlangan mavsumda Zokirov 28ta o'yinda maydonga tushib raqib darvozasiga 6ta gol urishga erishdi. Akrom Bahriddinov esa 12ta uchrashuvda qatnashib 2ta gol urdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia