"Mashal" matbuot xizmati vakili Bunyod Andaevni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
1 okt 2016
Bugun Andaevlar xonadonida katta shodiyona deb aytsak xato qilmagan bo'lamiz.

Boisi, xonadonning kichik vakili, Bunyod Andaev bugun tongda 1 oktyabr sanasida otalik baxtiga sazovor bo'ldi, u o'g'il farzandlik bo'ldi.

Shu munosabat bilan hamkasbimiz, mehnatkash do'stimiz, Bunyod Andaevni ota baxtiga muyassar bo'lgani bilan chin yurakdan samimiy tabriklaymiz, farzandlariga esa uzoq umr, ko'p risq,  sihat-salomatlik va albatta baxt tilab qolamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz